» » “O‘ztransgaz” 188 milliard so‘m daromadni noqonuniy o‘zlashtirgani aniqlandi

“O‘ztransgaz” 188 milliard so‘m daromadni noqonuniy o‘zlashtirgani aniqlandi


“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli mintaqaviy gaz ta’minoti korxonalarining 2018-yil va 2019-yilning 1-choragida tadbirkorlik subyektlariga tabiiy gaz yetkazib berish borasidagi faoliyati Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘rganildi.

Qo‘mita matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘rganishlar natijasida gaz ta’minoti korxonalari tomonidan 188 milliard so‘m daromad noqonuniy o‘zlashtirilgani aniqlangan. Respublika bo‘yicha 8 701 ta holatda mintaqaviy gaz ta’minoti korxonalari tomonidan belgilangan tariflarning asossiz oshirilishi va oldindan to‘langan to‘lovlarni hisobga olmaslik kabi qonun buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq, tarif o‘zgargan holatlarda iste’molchi yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov to‘langan kundan e’tiboran keyingi keladigan 2 oy mobaynida qo‘shimcha to‘lov to‘lashdan ozod etiladi.

Masalan, pishgan g‘isht, sement, asfalt ishlab chiqarish, shuningdek, ohaktosh va gipsni ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun, restoranlar, kafelar, tantanalar o‘tkaziladigan boshqa obyektlar uchun tabiiy gazning oshirilgan tariflari qo‘llaniladi.

Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritayotgan “Davr metall” MChJ tomonidan 2018-yilning fevral oyida foydalanilgan 58 157 metr kub tabiiy gaz uchun belgilangan 263,4 so‘m o‘rniga 1000 so‘mdan haq hisoblangan, natijada gaz ta’minoti korxonasi tomonidan 42,8 million so‘m asossiz foyda olingan.

Shuningdek, “Gulobod Osiyo Parranda” MChJ tomonidan 2018-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra 34,4 milliard so‘m oldindan to‘langan summa hisobga kiritilmagan va natijada 2018-yilning 1-noyabridan tariflarni oshishi munosabati bilan jamiyat qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lashdan ozod etilmagan.

Aniqlangan qonun buzilish holatlarini viloyatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishda:

Shu munosabat bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan mintaqaviy gaz ta’minoti korxonalariga nisbatan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzilishi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan va asossiz olingan daromadlarni iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют