» » Turkiya Suriyaga harbiy havo hujumi uyushtirdi. Ikki ko‘prik portlatildi

Turkiya Suriyaga harbiy havo hujumi uyushtirdi. Ikki ko‘prik portlatildi


Turkiya harbiy havo kuchlari qiruvchi samolyotlari Suriyaning Samalkada joylashgan chegara postlarini o‘qqa tutdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Suriya demokratik kuchlari” arab-kurd guruhining obyektiga uyushtirilgan hujum oqibatida ikkita ko‘prik vayron qilingan. Hujum natijasidan qurbon bo‘lganlar yo‘q.

Ushbu hujum haqidagi xabarlarga parallel ravishda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li mamlakatning Suriya hududi yaxlitligiga hurmat bilan qarashini bildirgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, turk armiyasining hududdagi harakatlari vaqtinchalik ehtiyot choralari hisoblanadi.

Avval AQSh Turkiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlamasligi, shuningdek, ushbu harakatlar atrofida Amerika harbiylarining bo‘lmasligini bildirgan. “Suriya demokratik kuchlari” arab-kurd guruhi vakili esa ushbu bayonotni “ortdan turib pichoq sanchish” ekanligini aytgan.

Mavzuga doir: Tramp AQSh “oxiri yo‘q urushlar”da boshqa ishtirok etmasligini ma’lum qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on esa Anqara Suriyadagi harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rgani, AQShning “Kurdlar milliy himoya harakati” va “Kurdiston ishchi partiyasi”ni qo‘llab-quvvatlashiga ortiq ko‘z yumib bo‘lmasligini ma’lum qilgan.

Turkiya rahbari ushbu ikki guruhlar AQSh qanoti ostida Suriya shimolini boshqargani va ularning a’zolari terrorchilar ekanini qayd etgan.

Mavzuga doir: Turkiya Suriyaga yurish qilmoqchi. Yangi urush boshlanishi, migratsiya inqirozi yuzaga kelishi, IShID qayta tiklanishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2019, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...