» » Andijonda maktab direktor o‘rinbosarini kaltaklagan pedagog ayolning eri va uning sheriklariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Andijonda maktab direktor o‘rinbosarini kaltaklagan pedagog ayolning eri va uning sheriklariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Andijon shahridagi 50-umumta’lim maktabi direktor o‘rinbosari formasiz va darsga kech kelgan pedagog ayolning turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘quvchilar ko‘z o‘ngida kaltaklangani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov.

Unda keltirilishicha, ushbu holat yuzasidan to‘plangan terovga qadar tekshiruv hujjatlari 5-oktabr kuni Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismi jurnalidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Tergovga qadar tekshiruv hujjatlariga ko‘ra, 2019-yilning 5-oktabr kuni soat taxminan 13:30 larda Andijon shahrida yashovchi fuqaro T.U. va boshqalar jamiyatda yurish-turish qoidasini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Andijon shahri, Lomonosov ko‘chasida joylashgan 50-sonli umumta’lim maktabi binosi hududiga kelib, mazkur maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlovchi Sh.O‘. va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi G‘.A. bilan asossiz ravishda o‘zaro janjallashgan. T.U. va uning sherigi tomonidan Sh.O‘. va G‘.A.ning tananing turli qismlariga qo‘l hamda boshqa jismlar bilan zarbalar bergan.

Sud-tibbiy ekspertiza byurosining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, ularga qisqa muddatli sog‘liqning buzilishiga olib kelgan yengil shikast yetkazilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, janjalning kelib chiqishiga Sh.O‘. va G‘.A.ning shu maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi D.Y.ga ishga maktab formasida kelmaganligi yuzasidan tanbeh berilganligi sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan T.U. hamda uning ikki nafar sherigiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют