» » Fizika bo‘yicha 2019-yilgi Nobel egalari e’lon qilindi

Fizika bo‘yicha 2019-yilgi Nobel egalari e’lon qilindi


Bugun Nobel haftaligining ikkinchi kunida, fizika sohasi bo‘yicha joriy yilgi mukofot egalari ma’lum qilindi. Shvetsiya Qirollik Akademiyasi a’zolaridan iborat hay’at “Koinotning tadrijiy evolyutsiyasi va Yerning Koinotdagi o‘rnini tushuntirib bergani uchun” ta’rifi bilan, Jeyms Piblsga teng yarim ulush bilan, hamda, “fizik kosmologiya sohasidagi nazariy kashfiyotlari uchun ta’rifi” bilan Mishel Mayorga chorak ulush bilan, hamda, “Quyosh turidagi yulduz atrofida aylanayotgan ekzosayyorani kashf qilgani uchun” ta’rifi bilan Didye Kelozga chorak ulushdan taqsimlab beriladigan bo‘ldi.

Demak, bu yilgi Nobel mukofoti Koinotning o‘tmishi hamda, Koinot ilk paydo bo‘lgan zamonlardagi strukturasini nazariy jihatdan asoslab bergan olimga, hamda, Quyosh sistemasidan tashqarida, lekin, Quyosh bilan bir xil turda bo‘lgan yulduz atrofida aylanadigan ekzosayyorani kashf qilgan olimga berildi.

Jeyms Pibls 1960-yillardan buyon, Koinotdagi milliardlab galaktikalarni va galaktika to‘dalarini tadqiq qilib keladi. Koinotning tadrijiy rivojlanishi tarixi borasidagi bugungi kun fizikasi egallagan bilimlarning aksariyati Ulkan Portlashdan boshlab, keyingi muttasil kengayishi va hozirgi holatga yetib kelishi jarayonlarini o‘z ichiga oladi va ushbu jarayonlarning nazariy asoslarini zamonaviy fizika aynan Piblsning ilmiy ishlari orqali bilib olgan. Aynan Piblsning ishlari orqali biz, o‘zimizni o‘rab turgan atrof Koinotning strukturasi haqida bilimlarni qo‘lga kiritdik va xususan, biz tanigan va bilgan oddiy materiya Koinotning atigi ?5 foizini tashkil qilishini, qolgan 95% Koinot esa bizdan maxfiy bo‘lgan hamda, zamonaviy fizika anglay olmayotgan mavhum materiya va mavhum energiyadan iborat ekanligini bilib oldik. Zamonaviy fizika yechishi kerak bo‘lgan eng asosiy masalalar hozirda aynan shu – mavhum materiya va mavhum energiya masalalari bo‘lib turibdi.

Mishel Mayor va Didye Keloz esa o‘zimizning Somon Yo‘li galaktikasini tadqiq qilishgan. Ular ekzosayyoralarni izlash bilan mashg‘ul bo‘lishgan. 1995-yilda ushbu olimlarning sayi-harakatlari natijasidan odamzot ilk bora Quyosh sistemasida tashqarida ham, boshqa yulduzlar atrofida ham sayyoralar mavjudligini bilib oldi. O‘shanda, bu olimlar, ilk bora Quyosh tipidagi yulduz atrofida aylanayotgan ekzosayyorani kashf qilishgan edi. Didye Keloz va Mishel Mayorlarning mazkur kashfiyoti astrofizika sohasida inqilob yasadi va aslida, bizning Yer kabi sayyoralar Koinotda milliardlab sonda mavjudligini ko‘rsatib berdi. Hozirda, astronomiya 4000 dan ziyod ekzosayyorani aniqlagan. Ulardan aksariyati tuzilishi va o‘z yulduziga nisbatan joylashuviga ko‘ra bizning Yer singari bo‘lib, ularda hayot mavjud bo‘lishi ehtimolini fan istisno qilmayotir. Bu kashfiyotlar ortida, astronomiyada shuningdek, sayyoralarning paydo bo‘lishi va shakllanishiga oid yangi nazariyalari ham tug‘ildi.

Bu yilgi fizika bo‘yicha Nobel laureatlari bizning Koinot haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirishdi, aniqrog‘i, uni yanada boyitishdi, Jeyms Piblsning nazariy kashfiyotlari Koinotning ulkan portlashdan keyin qay tariqa rivojlanganligini ochib bergan bo‘lsa, Mishel Mayor va Didye Keloz Koinot sarhadlaridan yangi sayyoralarni izlashgan va muvaffaqiyat bilan bir necha ekzosayyoralarni aniqlashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют