» » Rossiya sun’iy yo‘ldoshidagi nosozlik tufayli Qozog‘istondagi 13 ta aloqa operatori va telekanal faoliyati to‘xtab qoldi

Rossiya sun’iy yo‘ldoshidagi nosozlik tufayli Qozog‘istondagi 13 ta aloqa operatori va telekanal faoliyati to‘xtab qoldi


KazSat-2 sun’iy yo‘ldoshida yuz bergan nosozlik tufayli Qozog‘istondagi 13 ta telekanal va aloqa operatorining faoliyati to‘xtab qoldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

31-mart Ostona vaqti bilan soat 08:22 da Rossiyaning Xrunichev nomli markazi tomonidan yaratilgan KazSat-2 yo‘ldoshining boshqaruvi izdan chiqqan.

Qozog‘istonlik va rossiyalik mutaxassislar hamkorlikda nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha ish olib bordi. Qozog‘iston kosmik aloqa markazining xabar berishicha, KazSat-2 yo‘ldoshining ishi nosozlik yuz berganidan olti yarim soat o‘tgach qayta tiklandi.

KazSat-2 yo‘ldoshi 2011-yil 16-iyulda orbitaga chiqarilgan. Kosmik apparat 12,5 yil davomida faol ishlashi rejalashtirilgan.

Qozog‘istonda 4 ta aloqa operatori va 30 dan ortiq telekanal faoliyat yuritadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют