» » Mirishkor hokimi makkajo‘xori “o‘g‘ri”larini tutib olib izza qildi (video)

Mirishkor hokimi makkajo‘xori “o‘g‘ri”larini tutib olib izza qildi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda daladan bir necha dona makkajo‘xorini olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaroni qattiq izza qilayotgan hokim videosi tarqaldi, deb yozadi “Xabar.uz”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaroni qattiq tergayotgan ovoz egasi Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilovga tegishli.

“Nevaralaringni ham o‘g‘irlikka o‘rgatyapsanmi? Vijdoning chirisin seni. Padaringga la’nat. Ochingdan o‘l undan ko‘ra. Ishla, mehnat qil, sotib ol!”,- deydi hokim. Uning so‘zlariga mazkur makkajo‘xori eksportga mo‘ljallangan.

Ushbu videotasvir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida norozilik uyg‘otdi. Ko‘pchilik hokimning ushbu “tarbiyaviy soati”ni olqishlashdan ko‘ra, unga e’tiroz bildirishmoqda, deb yozadi nashr.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2019, 20:58)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют