» » Bekobod tumanida avtomobil olib qochganlikda gumonlanib ikki shaxs qo‘lga olindi

Bekobod tumanida avtomobil olib qochganlikda gumonlanib ikki shaxs qo‘lga olindi


Toshkent viloyati, Bekobod tumani IIB navbatchilik qismiga Ma’naviyat ko‘chasida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o‘zining Damas rusumli avtomobili noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar bergan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati ma’lum qiladi.

Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlarining aniqlashicha, ariza muallifi avtomashinasini uyi oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma’lum bo‘ldi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida   avtomashinani olib qochganlikda gumonlanayotgan shaxslar, shu tumanda yashovchi 1997-yil hamda 1998-yilda tug‘ilgan fuqarolar bo‘lib chiqdi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют