» » Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlovchi qarorga imzo chekdi

Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlovchi qarorga imzo chekdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlovchi qarorga imzo chekdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Konsepsiya doirasida 2030-yilga qadar 70 dan ortiq maqsadlar tasdiqlandi. Ular orasida oliy ma’lumotli bitiruvchilarni qamrab olish darajasini 20 foizdan 50 foizgacha oshirish, nodavlat oliy ta’lim muassasalari, xususan, davlat-xususiy sherikchiligi asosida 5 foizdan 35 foizga, kredit-modul tizimini 2 foizdan 85 foizga oshirish belgilangan.

Oliy va o‘rta ta’lim vaziri Inom Majidovning aytishicha, mazkur konsepsiya “real vaziyatlar” tahlili asosida tuzilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat xalqaro ekspertlar ekspertizasidan o‘tgan.

Konsepsiyaning asosiy vazifalari qatorida davlat va nodavlat universitetlarini ochish va sog‘lom raqobatni yaratish orqali davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish va bitiruvchilarning 50 foizdan ortig‘ini oliy ma’lumotga qabul qilish darajasini oshirish hisoblanadi.

O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetinini ilg‘or universitetlarga aylantirish va ulardagi ta’lim darajasini dunyoning 500 ta eng yaxshi universitetlari qatoriga qo‘shish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, kamida 10 ta universitetni eng yaxshi 1000 ta xalqaro oliy ta’lim muassasalari reytingiga kiritish reja qilingan.

Konsepsiyada “Universitet 3.0” konsepsiyasiga o‘tishni ko‘zda tutilgan bo‘lib, uning doirasida universitetlar, texnoparklar, laboratoriyalar, inkubatorlar va hatto muzeylarda keng ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2019, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют