» » Straus House ta’sischisi Ibrohim Isroilov mijozlaridan olgan pullarni nimalarga sarflagani ma’lum bo‘ldi

Straus House ta’sischisi Ibrohim Isroilov mijozlaridan olgan pullarni nimalarga sarflagani ma’lum bo‘ldi


Avvalroq Straus House MChJ ta’sischisi Ibrohim Isroilov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llangani haqida xabar berilgan edi. Ibrohim Isroilov Straus House MChJ hisob raqamiga kelib tushgan kirimlarni nimaga sarflagani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

Dastlabki tergov davomida Straus House MChJ hisob raqamiga 2018-yilning dekabr oyidan 2019-yilning avgust oyiga qadar mijozlardan jami 15 milliard so‘mga yaqin pul mablag‘lari kirim qilingan. Kirim qilingan pul mablag‘larining 4,5 milliard so‘m qismi jamiyat ta’sischi Ibrohim Isroilovning shaxsiy plastik kartochkasiga qarz sifatida o‘tkazilib, bu mablag‘larning bir qismini muqaddam sodir etgan firibgarlik jinoyati bo‘yicha moddiy zararni qoplashga, o‘zi uchun 1 dona Malibu-2 va 2 dona Lacetti rusumdagi avtomashinalar sotib olishga, Turkiya, BAA, Eron, Tailand, Malayziya, Rossiya va Ukraina davlatlariga borib dam olish va o‘zining boshqa ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Shuningdek, Ibrohim Isroilovning OAVdagi chiqishlaridan birida Straus House’ning karantin zonasida 5 ming dona tuyaqush jo‘jalari saqlanayotganligi haqida xabar bergan. O‘rganishlar natijasida ushbu ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmagan. Mavjud 500 ga yaqin jo‘jalar O‘zbekistonda tuyaqush yetishtiruvchi korxonalardan olinganligi ma’lum bo‘lgan. Kompaniya ta’sischisining kelasi yillarda eksport qilishni rejalashtirayotganligi haqidagi va’dalari bo‘yicha ham tekshiruvlar o‘tkazilgan. Biroq o‘rganishlardan so‘ng kompaniya bunday (eksport) salohiyatga ega emasligi aniqlangan.

Olib borilayotgan dastlabki tergov jarayonlarida Ibrohim Isroilov tomonidan jinoiy yo‘llar bilan qo‘lga kiritilgan mablag‘lar evaziga sotib olingan avtotransport vositalari, ko‘chmas mulk obyektlari va qimmatbaho buyumlarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularning barchasi jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplashga qaratiladi.

Mavzuga doir: Straus House rahbari Ibrohim Isroilov qamoqqa olindi

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Straus House MChJ moliyaviy xo‘jalik faoliyati yuzasidan tekshirishlar o‘tkazilmoqda. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2019, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют