» » O‘zbekistonda ilmiy jurnallar platformasi ishga tushirildi

O‘zbekistonda ilmiy jurnallar platformasi ishga tushirildi


O‘zbekiston ilmiy jurnallari retsenziyadan o‘tkaziluvchi raqamli platforma — Uzbekistan Research Online taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Loyiha doirasida xalqaro texnik standartlarga mos keluvchi, retsenziyadan o‘tkaziluvchi milliy OTMlarining ilmiy jurnallari butun dunyoning 700 dan ortiq yetakchi universitetlari tomonidan foydalaniladigan Digital Commons Network global tarmog‘iga integratsiyalashadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Elsevier kompaniyasi (Niderlandiya) o‘rtasida tuzilgan bitimga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan milliy OTMlari ilmiy jurnallarini birlashtirgan hamda ikki marta anonim retsenziyadan o‘tkazish (double-blind peer review) konfiguratsiyasini qo‘llash imkoni mavjud bo‘lgan noyob platforma yaratildi.

Mazkur platformadan dunyoning nufuzli universitetlari foydalanadi. Xalqaro platforma O‘zbekiston ilmiy jurnallari sifatini oshirish, olimlarning butun jahon ilmiy hamjamiyatga qo‘shilish imkonini beradi, xalqaro ilmiy ommaning o‘zbek tadqiqotlari bilan tanishishini ta’minlaydi hamda Scopus xalqaro standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan dastlabki elektron resurs sifatida tarixda qoladi.

Ilmiy jurnallar retsenziyadan o‘tkaziluvchi raqamli platformaning ishga tushirilishi oliy ta’lim muassasalari ilmiy jurnallarining Scopus ilmiy-texnik axborotlar bazasiga kirishidagi dastlabki sezilarli qadam hisoblanadi.

“Vazirlik va Elsevier kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumiga ko‘ra, ilmiy jurnallar bosh muharrirlarining malakasi oshirildi, nashrlarning dizayni va logotiplari yaratildi, talab etilgan ISSN raqamlari qayddan o‘tkazilib, iqtibos keltiriluvchi meta-ma’lumotlar formatida ilmiy maqolalar repozitoriyasi yaratildi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют