» » PlayStation 5 o‘yin qurilmasi 2020-yil oxirida taqdim etilishi ma’lum qilindi

PlayStation 5 o‘yin qurilmasi 2020-yil oxirida taqdim etilishi ma’lum qilindi


Sony kompaniyasi PlayStation 5’ning 2020-yil oxirida taqdim etilishini rasman e’lon qildi, deb xabar beradi TJournal

Yangi qurilma uchun ishlab chiqilgan kontroller DualShock 4’ni eslatadi, biroq USB-C orqali quvvatlanadi va ikkita muhim yangilikka ega bo‘ladi. Kontroller uchun tebranish tizimi qayta ishlab chiqilgan — endi u “aqlli qayta aloqa” deb nomlanadi. Yangi imkoniyat ekranda yuz berayotgan voqeaga bog‘liq ravishda hissiyotlarni sezishga yordam beradi. Yangiliklardan yana biri “moslashuvchan tritterlar” hisoblanadi — L2 va R2 tugmalari o‘yin mazmuniga bog‘liq holda turli kuch bilan bosish orqali ishlatiladi.

PlayStation 5’ning bosh menyusi mazmunan boy bo‘lishi aytilmoqda, o‘yinlarni esa qismlarga bo‘lgan holda o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Masalan, o‘yinda bir kishilik yoki ko‘p kishilik rejim bo‘lsa, o‘yinchi o‘ziga ma’qul rejimni o‘rnatishi mumkin.

O‘yin qurilmasiga oddiy qattiq disk o‘rniga SSD xotira o‘rnatiladi. Bu yuklanish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi va o‘yin yaratuvchilarni yuklanishni qanday tezlashtirish haqida o‘ylashdan xalos qiladi. Qurilma arxitektori Mark Sernining ta’kidlashicha, platforma o‘yinlarda yorug‘lik va ovozni real holatga yaqin aks ettirish imkonini beruvchi texnologiyada to‘liq ishlay oladi.

Mavzuga doir: OAV: Sony kompaniyasi PlayStation 5 o‘yin qurilmasini yaratmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют