» » Pokiston bosh vaziri korrupsiyaga qarshi Xitoy tutgan yo‘lni tanladi. U 500 nafar poraxo‘rni hibsga olmoqchi

Pokiston bosh vaziri korrupsiyaga qarshi Xitoy tutgan yo‘lni tanladi. U 500 nafar poraxo‘rni hibsga olmoqchi


Pokiston bosh vaziri Imron Xon mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi Xitoy xalq respublikasi tutgan yo‘l bilan kurashmoqchi ekanligini ma’lum qildi, deb yozgan “Regnum”.

Bosh vazir Pekinda o‘tgan xitoylik investorlar bilan konferensiya vaqtida korrupsiyaning mamlakat iqtisodiy rivojlanishi yo‘lidagi eng asosiy to‘siq ekanligini ta’kidladi.

Imron Xon Xitoy iqtisodiyotining shitob bilan o‘sib borayotganiga havas qilishi va Islomobod ham Pekindan bu borada o‘rnak olishi lozimligini qayd etdi.

Shuningdek, Pokiston davlat rahbari konferensiya ishtirokchilariga Xitoy xalq respublikasi raisi Sin Szi Pinning vazirlik darajasidagi 400 nafar amaldorni korrupsiyaga aloqadorligi uchun qamoqqa olganini eslatdi va o‘zi ham “Sin Szi Pin yo‘li”dan borib o‘z mamlakati taraqqiyoti uchun 500 nafar korrupsioner amaldorni qamoqqa olishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют