» » BMT Qirg‘izistonning dunyoda birinchi bo‘lib fuqaroligi yo‘q shaxslar muammosiga barham berganini e’lon qildi

BMT Qirg‘izistonning dunyoda birinchi bo‘lib fuqaroligi yo‘q shaxslar muammosiga barham berganini e’lon qildi


Qirg‘iziston Birlashgan millatlar tashkiloti bergan ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda birinchi bo‘lib fuqaroligi yo‘q shaxslar muammosini hal etgan. Bu haqda “Regnum” xabar berdi.

BMT qochoqlar bilan ishlash boshqarmasi komissari Filippo Grandi bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan uchrashuv vaqtida ma’lum qilgan.

Grandi uchrashuv davomida jahonning boshqa davlatlari ham Qirg‘iziston tutgan yo‘lni qo‘llashi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar masalasida mamlakat bilan tajriba almashishiga umid qilishini bildirdi.

Shuningdek BMT oliy komissari Qirg‘iziston hukumatining qochqinlar huquqlarining himoyasi borasida amalga oshirayotgan ishlari ham tahsinga sazovorligini qayd etdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют