» » Islom Karimov sharafiga o‘rnatiladigan haykallarning loyihalari internetda paydo bo‘ldi (foto)

Islom Karimov sharafiga o‘rnatiladigan haykallarning loyihalari internetda paydo bo‘ldi (foto)


O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro tanlov natijalari yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi. “Novosti Uzbekistana” nashri xabariga ko‘ra, 3-aprel kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida tanlovga taqdim etilgan loyihalarning ko‘rgazmasi ochiladi.

“Hozircha esa o‘zbekistonliklar haykaltaroshlarning ishlari faqat suratlar orqali baho berishlari mumkin. Ko‘rgazma ochilishiga bir necha kun qolganida Facebook’dagi ‘O‘zbekiston haykaltaroshlari’ guruhiga haykallarning maketlari suratlari joylashtirildi”, — deyiladi nashr xabarida.

Tanlov nizomiga muvofiq, haykallar loyiha muallifining ismi ko‘rsatilmagan holda namoyish etiladi. Faqat tanlov g‘oliblarining ismlari oshkor etiladi, ularga mos ravishda 25 ming, 20 ming va 15 ming dollar miqdorida mukofot pullari topshiriladi. Shuningdek, 5 ming dollardan yana uchta rag‘batlantiruvchi mukofot taqdim etiladi.

Tanlov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2-dekabrdagi qaroriga muvofiq o‘tkazilmoqda. Islom Karimov sharafiga ishlangan haykallar Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlariga o‘rnatiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют