» » Bahodir Ahmedov yangi lavozimga tayinlandi

Bahodir Ahmedov yangi lavozimga tayinlandi


Hukumat qarori bilan Bahodir Ahmedov Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatining rahbari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

U ayni paytda Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyatining Ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlar tahlili va monitoringi bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bahodir Ahmedov 1973-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Hozirga qadar Olmazor tumani madaniyat va sport ishlari bo‘limi mudiri, Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Toshkent viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i, Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi o‘rinbosari, Madaniyat va sport ishlari vaziri, Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Ahmedov yaqinda O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlangan Abdurashid Jo‘raboyevning o‘rnini egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2019, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют