» » Kim Chon Namning jasadi Xitoy orqali KXDRga yetkazildi

Kim Chon Namning jasadi Xitoy orqali KXDRga yetkazildi


KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi — Kim Chon Nam jasadi hamda KXDRning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi xodimlari Pekin orqali Shimoliy Koreyaga yetib bordi. Bu haqda Xitoy Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Lu Kan ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

“Malayziyada halok bo‘lgan KXDR fuqarosining jasadi, shuningdek, ushbu mamlakat fuqarolari bugun Xitoy orqali KXDRga qaytdi. Xalqaro amaliyotdan kelib chiqib, Xitoy jasadni tashishda barcha zarur ko‘mak ko‘rsatdi”, — deydi Lu Kan.

30-mart, payshanba kuni Malayziya bosh vaziri Najib Razzoq Kim Chon Namning jasadi uning qarindoshlari talabiga ko‘ra Shimoliy Koreyaga yuborilishini ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют