» » Payariq tuman MIB boshlig‘i xodimlarini haqorat qilgani uchun uzr so‘radi

Payariq tuman MIB boshlig‘i xodimlarini haqorat qilgani uchun uzr so‘radi


Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “MIBchilar o‘z boshlig‘ining og‘zi shaloqligidan arz qildi” sarlavhasi ostida joylashtirilgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

Videoda tasvirlanishicha, Majburiy ijro byurosi Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i Zafar Qosimov o‘z qo‘l ostidagi xodimlarni kechqurun yig‘ib, ularning orasidan undiruv rejasini bajarmagan xodimlarni o‘ta qo‘pol va nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlab, sha’nini kamsitgan.

“Xabarlarga ko‘ra, Majburiy ijro byurosining Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i Zafar Qosimovning xodimlarni belgilanmagan rejani bajarmagani uchun nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani bayon qilingan.

O‘rganishda, byuroning Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i Zafar Qosimov joriy yilning 15-sentabr kuni soat 21:00 larda bo‘lim binosida bo‘limda faoliyat ko‘rsatuvchi 33 nafar davlat inspektorlari bilan aholi va ulgurji tashkilotlardan energiya resurslari va suv iste’molidan bo‘lgan undiruvni undirish ahvoli yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi.

Yig‘ilishda, ayrim xodimlarning belgilangan undiruv rejalarini bajarmaganliklarini vaj qilib, davlat inspektorlarini har xil nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani aniqlandi.

Mazkur holat bo‘limning ayrim xodimlari tomonidan uyali telefon orqali videoga olinib, onlayn nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarga yuborilgani ma’lum bo‘ldi.

Olib borilgan tekshiruvlar davomida byuroning Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i Zafar Qosimov yuqoridagi holatlarni tasdiqlab, sodir etgan nomunosib xatti-harakatlari uchun bo‘lim xodimlaridan kechirim so‘ragan.

Hozirda, Zafar Qosimovning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Tekshiruv natijalari ma’lum qilinadi”, — deyiladi MIBning Samarqand viloyat boshqarmasi munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati hokimi, senator Shuhrat G‘aniyevning ijtimoiy tarmoqlarda soqol, ro‘mol va ish joylarida namozga qarshi chiqib, bunga bo‘ysunmaganlarni qamash bilan tahdid qilgani muhokama qilingan audiosi tarqalganidan so‘ng, Prezident va senatorlardan uzr so‘ragan edi.

Kuni kecha Qashqadaryoda daladan ruxsatsiz makkajo‘xori tergan keksa kishini ushlab, uni nevaralari oldida haqorat qilgan Mirishkor tumani hokimi ham o‘z xatti-harakati uchun uzr so‘ragandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют