» » Samarqandlik ayol kundoshining farzandini o‘g‘irlab, so‘yib tashlash bilan tahdid qildi

Samarqandlik ayol kundoshining farzandini o‘g‘irlab, so‘yib tashlash bilan tahdid qildi


Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida noma’lum ayol 48-umumta’lim maktabi o‘quvchisini o‘g‘irlab, uyiga olib ketgan.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning xabar berishicha, hodisa 7-oktabr kuni tumandagi Buloqboshi qishlog‘ida ro‘y bergan.

Noma’lum ayol maktab o‘quvchisini uyiga olib borib, so‘ng bolaning onasini chaqirtirgan. Kundoshi kelgach, bolaning bo‘yniga pichoq tirab, “er meniki, ko‘nmasang bolangni so‘yib tashlayman” deb tahdid qilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, tuman huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ayol hibsga olingan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Daryo” muxbiri hozirda ushbu hodisa bilan bog‘liq holatlarni o‘rganmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют