» » Jo Bayden birinchi bor Trampning impichmenti borasida o‘z fikrini bildirdi

Jo Bayden birinchi bor Trampning impichmenti borasida o‘z fikrini bildirdi


Amerikalik siyosatchi Jo Bayden birinchi bor omma oldida AQSh prezidenti Donald Trampning impichmentini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar beradi Meduza.

“Aytgan gaplari va harakatlari bilan adolatga qarshi chiqish va kongress savollariga javob berishdan bosh tortish orqali prezident Tramp o‘zini o‘zi aybdor qildi. Butun dunyo va Amerika xalqi oldida Donald Tramp prezidentlik qasamyodini buzdi, millatga xiyonat qildi va impichment bilan jazolanishi kerak bo‘lgan harakatlarni amalga oshirdi”, — deydi Bayden.

Jo Bayden — Demokratlar partiyasining 2020-yili o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etuvchi asosiy nomzodi.

Eslatib o‘tamiz, Trampga nisbatan impichment jarayoni uning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati e’lon qilingach boshlangan edi. AQSh prezidenti Zelenskiydan sobiq vitse-prezident Jo Baydenning o‘g‘liga nisbatan surishtiruv ishlarini olib borishni so‘ragan. Trampning o‘zi ushbu harakatlarni davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish deb baholagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют