» » Chechenistonda maktabda o‘quvchilarning hijobda yurishiga ruxsat beruvchi qonun qabul qilindi

Chechenistonda maktabda o‘quvchilarning hijobda yurishiga ruxsat beruvchi qonun qabul qilindi


Checheniston parlamenti respublikaning ta’lim haqidagi qonuniga o‘quvchilarga o‘z diniy e’tiqodiga mos libosda o‘qishga qatnash huquqini beruvchi tuzatishlarni kiritdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Yangi norma maktab va oliy ta’lim muassasalari zimmasiga ta’lim oluvchilarning libosiga nisbatan biror-bir talab qo‘yish vaqtida mazkur huquqni hisobga olish mas’uliyatini yuklaydi.

 

2017-yil yanvarida Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov Rossiya ta’lim vaziri Olga Vasilyevaning: “Maktablar hijobda yuriladigan joy emas”, degan bayonotiga, “Qizlarim hech qachon hijobni yechmaydi”, qabilida javob qaytargan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют