» » O‘zbekistonda yoshi 100 dan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda yoshi 100 dan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi


Ugam-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘ining ayrim tabiiy hududlari va obyektlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga muvofiq,“Urung‘och” ko‘li va unga tutash hududlar davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi.

Mazkur yodgorlik Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligining bir qismi hisoblanadi va ushbu xo‘jalik tomonidan yerlari olib qo‘yilmasdan va obyektga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday faoliyatni taqiqlagan holda boshqariladi.

Qarorga ko‘ra, “Urung‘och” tabiiy ko‘li va unga tutash hududlarni o‘zgartirishlarsiz saqlash, tog‘ ekotizimi o‘simlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash va takror ko‘paytirish “Urung‘och” davlat gidrologik tabiat yodgorligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni bajarish uchun O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi mas’ul organ etib belgilandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yoshi 100 dan oshgan daraxtlar soni qancha?

2020-yil 1-martgacha tabiiy obyektlar va komplekslar, shu jumladan, yoshi 100 va undan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют