» » O‘zbekiston terma jamoasi bugun Yaman bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston terma jamoasi bugun Yaman bilan o‘ynaydi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 10-oktabr, payshanba kuni JCh—2022 saralashi ikkinchi bosqichi 3-turida Yamanga qarshi bahs olib boradi.

Ektor Kuperdan Vadim Abramov qo‘l ostida o‘tgan O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi turdan so‘ng birorta ochkosiz qolmoqda. Qayd etish kerak, O‘zbekiston avvalgi turda dam olgan va hisobida bitta o‘yin bor. Yaman termasi esa ortda qolgan ikki turda ham durang qayd etgan.

Mazkur bellashuvga Toshkentdagi “Paxtakor” stadioni mezbonlik qiladi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 17:00 da boshlanadi.

Uchrashuvni suriyalik Hanna Hattab boshchilgidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Guruhning ikkinchi bellashuvida Saudiya Arabistoni terma jamoasi Singapurga qarshi maydonga tushadi. Ushbu turda Falastin terma jamoasi dam oladi.

JCh—2022 saralash bosqichi

3-tur bahsi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют