» » O‘zbekiston 2019-yil davomida Tojikistonga 9,4 million dollarlik tabiiy gaz eksport qilgan

O‘zbekiston 2019-yil davomida Tojikistonga 9,4 million dollarlik tabiiy gaz eksport qilgan


Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi 2019-yilning yanvar—avgust oylari davomida mamlakat ehtiyojlari uchun O‘zbekistondan necha pullik tabiiy gaz sotib olinganini ma’lum qildi.

2019-yilning sakkiz oyi davomida Tojikiston O‘zbekistondan 9,4 million AQSh dollariga teng bo‘lgan tabiiy gaz xarid qilgan, deya xabar bergan mamlakat energetika va suv resurslari vazirligi axborot xizmati.

“Tojiktransgaz” gaz taqsimoti kompaniyasi esa yanvar – avgust oylari davomida import qilingan o‘zbek gazi miqdori qancha ekanligini oshkor etmadi.

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hisobot davri davomida O‘zbekiston Tojikistonga 54 million kubometr gaz eksport qilgan.

Mamlakat import qilingan moviy yonilg‘ini yigirmadan oshiq korxonalar, jumladan Tojikiston alyuminiy kompaniyasi faoliyatiga yo‘naltirgan.

Yil boshida “Tojiktransgaz” rahbari o‘rinbosari Shavkat Shoimzoda 2019-yilda O‘zbekistondan 200 million kubometr tabiiy gaz sotib olish rejalashtirilganini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют