» » “Paxtakor”dan mavsumdagi ilk yirik mag‘lubiyat, Samarqand “Lester”ida birinchi qoqilish

“Paxtakor”dan mavsumdagi ilk yirik mag‘lubiyat, Samarqand “Lester”ida birinchi qoqilish


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida 4-tur bellashuvlariga yakun yasaldi. Payshanba kuni “Nasaf” yirik g‘alabaga erishgan, “Bunyodkor” esa 2 ochko yo‘qotgandi. Juma oqshomida qolgan olti uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘tgan mavsum to‘rttalikka ham kira olmagan Toshkentning “Paxtakor” klubi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bir tur avval o‘z maydonida “Dinamo”ga imkoniyatni boy bergan “paxtakorchilar”, bu safar Muborakda yirik hisobda yengildi — 0:3.

Ketma-ket uch g‘alabaga erishgan liga debyutanti “Dinamo” esa o‘z maydonida “Navbahor”dan mag‘lub bo‘ldi. Vodiyning boshqa bir klubi “Qo‘qon—1912” Farg‘ona derbisida “Neftchi”ni taslim qildi.

Mazkur turda mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” Olmaliq klubi darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi. Bekobodning “Metallurg” klubi esa mavsumdagi birinchi g‘alabasiga ega chiqdi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
4-tur bellashuvlari
31-mart, juma

Gollar: Filipp Rayevats, 19 (0:1). Sherzod Hakimov, 63 (1:1). Nosir Otaqo‘ziyev, 79 (1:2).

Gollar: Iskandar Shoyqulov, 69 (1:0). Kenja To‘rayev, 80 (2:0). Humoyun Murtazoyev, 90+3 (3:0).

Gollar: Dilmurod Karimov, 2 (1:0). Sardor Sobirxo‘jayev, 19 (1:1). Doniyor Odilov, 27 (2:1). Islom Qobilov, 39 (3:1). Dilmurod Karimov, 57-pen (4:1). Otabek Narzullayev, 90+1 (4:2).

Gol: Oybek Qilichev, 15 (0:1).
Chetlatish: Oybek Qilichev, 76 (zaxiradan).

Gol: Ivor Veytser, 38 (0:1).

Gollar: Islom To‘xtaxo‘jayev, 13 (1:0). Ikrom Aliboyev, 32 (2:0). Sardor Mirzayev, 54 (3:0). Jaloliddin Masharipov, 75-pen (4:0). Marat Bikmayev, 90 (5:0).

Опубликовано: admin (31-03-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют