» » IIVning yangi matbuot kotibi tayinlandi

IIVning yangi matbuot kotibi tayinlandi


Polkovnik Shohrux G‘iyosov O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i — ichki ishlar vazirining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori hisoblangan polkovnik G‘iyosov ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1996-yildan boshlab, shu kunga qadar turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan.

“Shohrux G‘iyosov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan”, — deyiladi IIV axborotida.

Oldinroq IIVning avvalgi matbuot kotibi general-mayor Qutbiddin Burhonov Adilya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimiga o‘tkazilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Burhonov ketgach, shu vaqtgacha uning o‘rinbosari bo‘lgan podpolkovnik To‘lagan Abdullayev Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimini vaqtincha bajarib turgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 132) ( 0) ( 130) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют