» » O‘zbekistonda 1-yanvardan boshlab qimmatbaho avtomobillar importi uchun imtiyozlar bekor qilinadi

O‘zbekistonda 1-yanvardan boshlab qimmatbaho avtomobillar importi uchun imtiyozlar bekor qilinadi


O‘zbekistonda 2020-yil 1-yanvardan qimmatbaho avtomobillar importi uchun imtiyozlar bekor qilinadi. Bu Prezident tomonidan 2-oktabr kuni imzolangan qarorda ko‘zda tutilgan, deya xabar bermoqda Spot.

Ishlab chiqarilganiga ikki yildan ko‘p bo‘lmagan hamda narxi 40 ming dollar va undan yuqori bo‘lgan avtomobillar importi uchun imtiyozlar 2019-yil 1-yanvaridan kuchga kirgan edi.

Shundan beri qimmatbaho avtomobillarga nisbatan nol foizlik import boji stavkasi va 20 foiz miqdoridagi aksiz solig‘i qo‘llanilayotgan edi, xolos. 2020-yil 1-yanvardan boshlab esa bu imtiyozlarning bari bekor qilinadi va ularga yana dvigatel hajmidan kelib chiqqan holda koeffitsiyent hisoblash tartibi qo‘llanila boshlaydi.

Avvalroq o‘zbekistonlik yil boshidan beri qimmatbaho avtomobillar importiga nisbatan joriy etilgan imtiyozlardan foydalangan holda, 600 dan ortiq premium avtomobillarni O‘zbekistonga olib kirgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют