» » Vadim Abramov: “Juda qiyin vaziyatda edik, natija o‘yinga mos bo‘ldi”

Vadim Abramov: “Juda qiyin vaziyatda edik, natija o‘yinga mos bo‘ldi”


O‘zbekiston terma jamosi bosh murabbiyi Vadim Abramov JCh—2022 saralash bosqichi doirasida Yamanga qarshi kechgan bahsdan (5:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Muxlislarni va jurnalistlarni tabriklamoqchiman. Juda qiyin vaziyatda edik, futbolchilarga alohida rahmat. Barcha buni tushunib turgandi. Tezkor gol urdik va o‘yinni nazorat qildik. Shunday davom etishini xohlaymiz.

G‘alabadan xursand emasligi haqida

G‘alabadan xursand bo‘ladigan yoshda emasman. Bu shunchaki uch ochko va hali oldinda uzoq yo‘l turibdi. Hali ko‘p muammolarimiz borligini ko‘rib turibman.

Bugungi natijani aldamchi yoki unday emasligi haqida

Natija o‘yinga mos bo‘ldi. Yaman boshqa saviyadagi jamoa.

Sanjar Qodirqulov Olimpiya terma jamoasidan milliy termaga chaqirilgani haqida

Sanjar “Bunyodkor”da ham qo‘l ostimda o‘ynaydi, uning imkoniyatlarini bilaman. Olimpiyachilar bilan bahsda uning qanday o‘ynashini kutdim. Hammasi yaxshi bo‘ldi.

Shundan so‘ng uni milliy termaga chaqirdim. Agar bugun uning o‘yini chiqmaganida menga qanday tanqidlar bo‘lishini tushunib turibman.

Lutfulla To‘rayevga javob berib yuborgani haqida

Lutfulla To‘rayev bugun maydonda bo‘lganida o‘yinni buzib qo‘ymasdi, ammo uning yoshi sabab ham kuchli tanqidlar bo‘ldi va ruhiy holatini o‘ylab uni klubga qo‘yib yuborishga qaror qildim.

Maydon markazidan hujum uyushtirilmagani haqida

To‘g‘ri maydon markazida qoniqarli harakat qila olmadik, chunki maydonga tushgan futbolchilar bir-biri bilan avval bog‘likda o‘ynamagan edi. Yaman ko‘pchilik bo‘lib himoyalandi va bunday himoyani yorib o‘tish uchun esa qanotlardan foydalanish kerak. Biz ham shunday yo‘l tutdik.

Vitaliy Denisov va terma jamoa haqida

Uning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. Ammo hozir u klubida deyarli o‘yin amaliyotiga ega emas. Maydonga tushishni boshlashi bilan uni kuzatamiz va balki termaga chaqirarmiz. Qaysi futbolchida O‘zbekiston pasporti bo‘lsa, u terma jamoaga chaqirilishi va o‘ynashi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют