» » Sherobodda Lacetti Nexia’ga urilib, yonib ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi

Sherobodda Lacetti Nexia’ga urilib, yonib ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi


Surxondaryoning Sherobod tumanida 7-oktabr kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Postda.uz” nashri.

Xabar berishlaricha, soat taxminan 14:20 da Oqtosh qishlog‘i hududida Lacetti avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan Nexia’ga borib urilgan va Lacetti yonib ketgan.

Hodisa oqibatida Lacetti’ning haydovchisi va yo‘lovchisi kuyish jarohatini olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Nexia’ning haydovchisi va ikki yo‘lovchisi esa kasalxonaga yotqizilgan.

Qayd etishlaricha, hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют