» » Astronavt ochiq fazoda Xalqaro kosmik stansiyaning himoya elementini yo‘qotib qo‘ydi

Astronavt ochiq fazoda Xalqaro kosmik stansiyaning himoya elementini yo‘qotib qo‘ydi


Amerikalik astronavt Robert Sheyn Kimbrou ochiq koinotda meteoritlar hamda kosmik chiqindilardan himoya qiluvchi qalqonni qo‘lidan chiqarib yubordi, deya xabar bermoqda Meduza.

Hodisa 30-mart kuni, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da, Kimbrou hamda Peggi Uitson Amerikaning tijorat kemalariga biriktiruvchi tugunlarni tayyorlash bilan shug‘ullanayotgan paytda ro‘y bergan.

O‘lchami 162×59 santimetr, og‘irligi 8 kilogramm bo‘lgan taxtlangan qalqon Xalqaro kosmik stansiya (XKS)dan chetga uchib ketgan.

Kimbrou hamda Uitson ikki qalqondan birinchi qutini olgan; har biri bittadan qalqon olib, shlyuz tomon harakat qilgan. Shundan so‘ng quyidagicha muloqot bo‘lib o‘tgan:

Kimbrou: — Peggi, mening qalqonim yo‘q.

Uitson: — Qani u?

Kimbrou: — Bilmayman.

Kimbrou aynan qaysi vaqtda qalqonni yo‘qotgani videoga tushmagan, ammo qalqon butunlay uchib ketguniga qadar shlyuzning umumiy planida, o‘ng yuqori qismda ko‘ringan.

Qolgan uchta qalqon hech qanday qiyinchiliksiz o‘rnatilgan. NASA vakili bo‘lib o‘tgan voqea bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Peggi Uitson — ayollar orasida ochiq koinotda eng ko‘p bo‘lgan rekordchidir. U XKSdan tashqarida umumiy hisobda 53 soatdan ko‘proq ishlagan. Robert Sheyn Kimbrou esa hozirda XKS ekipaji rahbari. U ochiq koinotda 40 soatdan ortiq vaqt davomida bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют