» » Markaziy bank yil oxiriga qadar valyuta kursida keskin o‘zgarish kutilmayotganini ma’lum qildi

Markaziy bank yil oxiriga qadar valyuta kursida keskin o‘zgarish kutilmayotganini ma’lum qildi


O‘zbekistonda 2019-yilning to‘qqiz oyi davomida milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursi ichki valyuta bozorida mavjud talab va taklifdan kelib chiqib 13 % ga pasaydi. Ushbu davr mobaynida valyuta kursining minimal va maksimal ko‘rsatkichi bir dollar uchun mos ravishda 8334 so‘m va 9457 so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Markaziy bankning mazkur davrda ichki valyuta bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalari bo‘yicha e’lon qilingan sharhida so‘z borgan.

Markaziy bank tomonidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning avgust oyida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida almashuv kursining yangi bozor sharoitlariga moslashtirilishidan so‘ng sentabr—oktabr oylarida valyuta birjasida almashuv kursi dinamikasining barqarorligi kuzatilib, makroiqtisodiy sharoit va omillarni inobatga olgan holda yil yakuniga qadar keskin o‘zgarishi kutilmayapti.

O‘tgan davrda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining jami aylanma hajmi 24,3 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,3 barobarga oshgan.

Valyuta birjasining banklararo savdo sessiyalarida amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarning hajmi 15,5 milliard dollarni tashkil etib, bundan jami talab 7,7 milliard dollarga, taklif esa 4,8 milliard dollarga teng bo‘lgan.

Yuqorida keltirilgan talab va taklif o‘rtasidagi 2,9 milliard dollar miqdoridagi tafovut Markaziy bankning sof intervensiyalari hisobiga, yil boshidan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan 3 milliard dollar monetar oltin hajmi doirasida qoplangan. Bu o‘z navbatida, pul-kredit siyosatidan kelib chiqib, iqtisodiyotga qo‘shimcha kiritilgan likvidlikni sterilizatsiya qilish imkonini yaratgan.

Birjadan tashqari valyuta bozorida tijorat banklari tomonidan amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining jami hajmi 5,2 milliard dollarga teng bo‘ldi. Bunda tijorat banklari yuridik shaxslardan 3 milliard dollar miqdorida valyuta mablag‘lari sotib olib, o‘z navbatida ularga 2,2 milliard dollar miqdorida valyuta mablag‘lari sotilgan.

Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali tijorat banklari bilan aholi o‘rtasida amalga oshirilgan naqd va naqdsiz shakldagi valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining jami hajmi 3,6 milliard dollarga yetgan. Bunda aholidan sotib olingan valyuta mablag‘lari 2,5 milliard dollarni, aksincha ularga sotilgan valyuta miqdori 1 milliard dollarni tashkil etgan. Tijorat banklarining aholi bilan valyuta oldi-sotdi operatsiyalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 barobarga oshgan.

Shuningdek, joriy yil yanvar—sentabr oylari davomida aholi tomonidan amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari jami aylanma hajmi 5,2 milliard dollarni tashkil etib, bundan 4,5 milliard dollar valyuta mablag‘lari respublikaga xalqaro pul o‘tkazmalar tizimi orqali kirib kelgan bo‘lsa, 0,8 milliard dollar aholi tomonidan chet el mamlakatlariga yuborilgan. Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kirib kelgan valyuta mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 % ga oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют