» » Xitoylik jarrohlar bemorga uning qo‘lida o‘stirilgan quloqni ko‘chirib o‘tqazdi

Xitoylik jarrohlar bemorga uning qo‘lida o‘stirilgan quloqni ko‘chirib o‘tqazdi


Xitoyning Sian shahrida jarrohlar bemorga uning qo‘lida o‘stirilgan quloqni ko‘chirib o‘tqazdi. Bu haqda “Sinxua” xabar bermoqda.

Agentlikka ko‘ra, erkak bir yil avval avtofalokat oqibatida qulog‘idan ayrilgan edi.

Siandagi Xi’an Jiaotong University qoshidagi kasalxona shifokorlari yo‘qolgan a’zoni bemorning bilagida tikladi. Buning uchun shifokorlar qovurg‘a tog‘ayi va 3D-printerdan foydalandi.

7 soat davom etgan operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgani va bemorning ahvoli barqaror ekanligi bildirildi. Ko‘chirib o‘tqazilgan quloq ikki hafta ichida avvalgidek holga kelishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют