» » Markaziy bank: “Migrantlar O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali 4,5 milliard dollar jo‘natgan”

Markaziy bank: “Migrantlar O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali 4,5 milliard dollar jo‘natgan”


Joriy yilning yanvar—sentabr oylarida O‘zbekiston aholisining xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi 5,2 millard AQSh dollarini tashkil qildi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar berdi.

Bu qiymatdan aholi tomonidan xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali 4,5 milliard dollar jo‘natilgan, O‘zbekistondan xorijiy davlatlarga esa 0,8 milliard dollar valyuta mablag‘lari o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, valyuta mablag‘larining xalqaro pul o‘tkazmalari orqali tushumi hajmi 2018-yilning shu davriga nisbatan 18 foizga oshgan: 2018-yilning ilk 9 oyida ushbu qiymat 3,8 milliard dollarni tashkil qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют