» » Tanzila Norboyeva: Ayrim hududlarda daraxt va butalarning noqonuniy va ayovsiz kesilayotgani mutlaqo tushunarsiz

Tanzila Norboyeva: Ayrim hududlarda daraxt va butalarning noqonuniy va ayovsiz kesilayotgani mutlaqo tushunarsiz


O‘zbekistonda ekologiyaga oid qonun buzilishi hollari davom etmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Senatning XXIII yalpi majlisida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Tanzila Norboyevaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston ekologik muammolardan jabr ko‘rgan mamlakat sifatida jahon hamjamiyati e’tiborini Orolbo‘yi mintaqasi masalasiga qaratib kelmoqda.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Prezidentning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida “Trast” fondini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘z navbatida, mamlakatimiz Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Parij Bitimini ratifikatsiya qildi. Shuni ham qayd etish joizki, yaqin ikki yilda birgina Orolbo‘yi hududida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali ro‘yobga chiqarish maqsadida 1,5 milliard dollarlik 800 ga yaqin loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan” — dedi Norboyeva.

Senat raisining qo‘shimcha qilishicha, shuncha amaliy sa’y-harakatlarga qaramasdan, mamlakatimizda ekologiyaga oid qonun buzilishi hollari davom etayotgani achinarli hol.

“Ayniqsa, katta mablag‘ va boshqa resurslar evaziga sahroga aylangan Orol dengizi hududida turli daraxtlar ekilayotgan bir sharoitda ayrim hududlarda daraxt va butalarni noqonuniy va ayovsiz kesish hollarining ro‘y berayotgani mutlaqo tushunarsizdir. Shu bois keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda va turli tadbirlarda jamoatchilik muhokamasiga, ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘layotgan daraxt va butalarni kesishdagi qonun talablaridan chetga chiqish holatlari bilan bog‘liq masalaning bugungi yalpi majlis muhokamasiga qo‘yilgani, o‘ylaymanki, g‘oyat muhim ahamiyatga ega” — dedi Tanzila Norboyeva.

Mavzuga doir: 

Yalpi majlisda vazirlik va idoralar rahbarlarining mazkur masala yuzasidan axboroti eshitilib, ushbu yo‘nalishda qonuniylikni so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan qaror qabul qilish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют