» » O‘zbekiston Senatining 23-yalpi majlisi YouTube’da jonli efirda namoyish etilmoqda

O‘zbekiston Senatining 23-yalpi majlisi YouTube’da jonli efirda namoyish etilmoqda


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatinin 23-yalpi majlisi yuqori palataning YouTube’dagi sahifasi orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.

Avvalroq Senat raisi Tanzila Norboyeva jurnalist va blogerlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Senat yalpi majlislarini jonli efirda translyatsiya qilish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.

Xuddi shunday translyatsiyalarning dastlabkisi Senatning 23-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisi doirasida bo‘lib o‘tgan, biroq, bugungisidan farqli o‘laroq, u televideniye orqali uzatilgan va to‘liq emas edi.

Eslatib o‘tamiz, Senatning 23-yalpi majlisi kun tartibiga 31 ta masala kiritilgan bo‘lib, senatorlar tomonidan 19 ta qonun ko‘rib chiqiladi. Kun tartibidan hukumatga parlament so‘rovlari yuborish masalasi ham o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют