» » O‘zbekistonda pedagoglar maoshi oshiriladi

O‘zbekistonda pedagoglar maoshi oshiriladi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Akademik litseylar va professional ta’lim tizimi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish va ularning mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Qaror bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining qator takliflari ma’qullanishi mumkin.

Jumladan, akademik litseylar va professional ta’lim tizimidagi ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda – ta’lim muassasalari) rahbar va pedagog xodimlari hamda o‘quv yordamchi xodimlarining lavozim maoshlarini:

Institutning qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish asosida ishlab topgan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan institut xodimlari lavozim maoshlariga 200 foizgacha ustama haq to‘lash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda:

2020-yil 1-yanvardan boshlab:

a) ta’lim muassasalari xodimlariga ustamalar belgilash, mukofotlar to‘lash va moddiy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan ularni rag‘batlantirish maqsadida, ta’lim muassasalarida budjet tashkilotlari uchun qo‘llaniladigan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi tashkil etiladi.

b) ta’lim muassasalarining pedagog xodimlariga qo‘shimcha haq, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining:

Mazkur qo‘shimcha haqlar bilan bog‘liq xarajatlar ta’lim muassasalarini moliyalashtirish manbasidan kelib chiqib, mos ravishda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanishi inobatga olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 13:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют