» » Rossiyaliklarning 81 foizi Putinning prezidentlik faoliyatidan mamnun

Rossiyaliklarning 81 foizi Putinning prezidentlik faoliyatidan mamnun


Rossiyaliklarning 81 foizi Vladimir Putinning Rossiya prezidenti lavozimidagi faoliyatini ma’qullaydi, 64 foizi esa prezident saylovida uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda Rossiyaning “Jamoatchilik fikri” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari darak bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

So‘rovnomada ishtirok etganlarning 78 foizi Rossiya prezidentiga ishonishini, 27 foizi esa so‘nggi bir oyda Putinga yanada ko‘proq ishonishni boshlaganini bildirgan.

Agar kelasi yakshanba kuni Rossiya prezidenti saylovlari tashkil etilganida, so‘rovnomada qatnashganlarning 64 foizi Putinga, 10 foizi Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiyga, 2 foizi esa Kommunistik partiya rahbari Gennadiy Zyuganovga ovoz berishini aytgan.

Ayni vaqtda, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevga rossiyaliklarning 41 foizi ishonadi, 47 foizi esa “katta ehtimol bilan ishonmaydi” yoki “mutlaqo ishonmaydi”. So‘nggi bir oy ichida hukumat rahbariga kamroq ishonuvchilar soni 32 foizgacha ko‘paygan, ko‘proq ishonuvchilar soni esa 11 foizni tashkil etgan.

Xabar berishlaricha, so‘rovnoma 25—26-mart kunlari o‘tkazilgan, unda Rossiyaning 73 hududidagi 207 ta aholi punktida istiqomat qiluvchi jami 3 ming respondent ishtirok etgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют