» » Amerikaliklarning 58 foizi Trampning faoliyatidan norozi

Amerikaliklarning 58 foizi Trampning faoliyatidan norozi


Associated Press va NORC tomonidan o‘tkazilgan yangi so‘rov ma’lumotlariga ko‘ra, voyaga yetgan amerikaliklarning 58 foizi Donald Trampning AQSh prezidenti sifatidagi faoliyatidan qoniqish hosil qilmayapti.

“Gazeta.ru”ning yozishicha, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 62 foizi Trampning sog‘liqni saqlash sohasidagi faoliyatidan ayniqsa norozi.

Unga, asosan, iqtisodiyot sohasida nisbatan ko‘proq ishonch bildirishmoqda: so‘rovnomada qatnashganlarning 50 foizi Trampning bu sohadagi harakatlarini ma’qullagan, 48 foizi esa qoralagan.

Avvalroq yosh amerikaliklarning 57 foizi Trampni “noqonuniy prezident” deb hisoblashi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Yosh amerikaliklarning 57 foizi Trampni “noqonuniy prezident” deb hisoblaydi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют