» » Tojikistonda 12 ta qo‘yni g‘ajib tashlagan qor qoploni ushlandi (video)

Tojikistonda 12 ta qo‘yni g‘ajib tashlagan qor qoploni ushlandi (video)


Tojikistonning Tog‘li-Badaxshon avtonom viloyati Rushan tumanidagi Razuch qishlog‘ida mahalliy aholi tomonidan 12 bosh qo‘yni g‘ajib o‘ldirgan qor qoploni ushlab olindi. Qishloq erkaklari birgalikda harakat qilib yirtqichni qafasga qamab qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan, deya xabar bermoqda Sputnik.

Mahalliy hokimiyat vakillari qor qoploni g‘ajib ketgan qo‘ylarning egalariga ko‘rilgan zararni qoplab berishni va’da qilmoqda.

Qafasga solingan qoplon yana tog‘larga qaytarildi va aholi yashash joylaridan ancha uzoq hududga qo‘yib yuborildi. Videoda yuk mashinasiga ortish vaqtida ham yirtqichning odamlarga nisbatan tajovuzkorlik qilmaganini ko‘rish mumkin.

Deyarli har yili kuz-qish mavsumida Tog‘li-Badaxshon avtonom viloyatida chorva mollariga yirtqichlar tez-tez qiron keltirib turadi. Sovuqda qorni ochqagan qor qoplonlari tog‘lardan qishloq hududiga tushadi va tunda chorva mollari joylashgan qo‘ralarga kirib mol-u qo‘ylarni yeb ketadi.

2018-yil noyabrda Ishkoshim tumanining Shirgin qishlog‘ida ham qor qoploni 20 ga yaqin o‘ljalarni g‘ajib tashlaganidan so‘ng qo‘lga tushgandi. Yirtqich qishloqdan 47 kilometr olisga Sharqiy Pomir tog‘lariga olib ketilgan va u yerda yashash uchun qo‘yib yuborilgan.

Ekologlarning qayd etishicha, so‘nggi yillarda mahalliy aholining tabiatni asrash bo‘yicha savodxonligi oshgan va shu sababli ham qor qoplonlarini o‘ldirmay, ularni ushlab tog‘larga qo‘yib yuborish holatlari ko‘paygan.

Qor qoploni (ilvirs) dunyoning 12 mamlakati: Afg‘oniston, Butan, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Nepal, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonda uchraydi. Butun dunyoda qor barslarining umumiy soni 4,5 dan 8,5 minggacha ekanligi taxmin qilingan. Tojikistonda oq barslarning soni 400—500 atrofida va ular dengiz sathidan 5500 metr balandlikdagi Pomir tog‘larida uchraydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 18:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют