» » Milliy gvardiya xodimlari Qoraqalpog‘istonda ko‘prikdan suvga sakragan ayolni qutqardi

Milliy gvardiya xodimlari Qoraqalpog‘istonda ko‘prikdan suvga sakragan ayolni qutqardi


Qoraqalpog‘istonda o‘zini suvga tashlagan ayol hayotini Milliy gvardiya xodimi saqlab qoldi, deb “Daryo”ga xabar berdi Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 10-oktabr, payshanba kuni 11:30 da noma’lum ayol Cobalt mashinasida kelib, ko‘prik oldida tushib qolgan va o‘zini daryoga tashlagan. Ko‘prik hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimlari bu holatni ko‘rib, zudlik bilan cho‘kayotgan ayolni suvdan olib chiqqan.

Qoraqalpog‘istondagi Amudaryo ustidagi “Qipchoq ponton ko‘prigi”dan alohida toifalangan va qo‘riqlanadigan ko‘prik hisoblanadi.

Qo‘shimcha qilinishicha, Qo‘riqlash xizmati xodimlari tez tibbiy yordam xizmati va tuman Ichki ishlar boshqarmasi navbatchilik qismi voqea joyiga kelguniga qadar ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Mavzuga doir:

Avvalroq 9-iyul kuni Milliy gvardiya xodimi Toshkentdagi “Qo‘yliq” bozori yonidagi ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan ayolning hayotini saqlab qolgani, 10-aprel kuni esa Toshkentning Olmazor tumanida Qichqiriq kanali bo‘ylab sayr qilib yurib, uch qizi bilan kanalga tushib ketgan ayolni qutqargani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют