» » O‘zbekistonda shakarning narxi bilan bog‘liq holat barqaror ekanligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda shakarning narxi bilan bog‘liq holat barqaror ekanligi ma’lum qilindi


O‘zbekistonda shakar narxining o‘zgarishi yuz bermoqda. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda birinchi marta shakarning eng yuqori narxi 7000 so‘mga chiqdi, deb yozmoqda Spot.

Nashrning qayd etishicha, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlarning bekor qilinishi sababli shakar narxining oshishi mumkinligi haqida joriy yilning yozida ba’zi shakar ishlab chiqaruvchilar ogohlantirgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda shakar 7 ming so‘mgacha ko‘tarildi. Bu iyul oyidayoq taxmin qilingandi

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tomonidan xabar berilishicha, shakar narxlari bilan bog‘liq holat barqaror qolmoqda.

Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, Angren va Xorazm shakar zavodlarining ishlab chiqarish quvvati yiliga 800 ming tonnani tashkil qiladi. Shakarga bo‘lgan yillik talab miqdori esa 700 ming tonnaga teng. Bundan tashqari, omborlarda 80 ming tonna import qilingan shakar saqlanmoqda.

Ayni paytda mahalliy shakarning ulgurji narxi 4950—5150 so‘mni tashkil etadi. 10-oktabr holatiga shakarning chakana narxi 5200—6000 so‘mni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir:

O‘zbekistonda 1-yanvardan qandolat mahsulotlari va shokolad uchun import boji oshiriladi

Rossiya O‘zbekistonga 200 ming tonna shakar yetkazib berish uchun kvota so‘radi

O‘zbekiston Ukraina shakarining asosiy xaridori bo‘lishdan to‘xtadi

O‘zbekistonda 2018-yilda shakar ishlab chiqarish 85,5 foizga kamaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют