» » Navoiyda fuqaro IIB xodimini do‘pposladi va mashinasida uning oyog‘ini bosib ketdi

Navoiyda fuqaro IIB xodimini do‘pposladi va mashinasida uning oyog‘ini bosib ketdi


Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov Navoiy viloyatida IIB xodimiga nisbatan sodir etilgan jinoyat yuzasidan bayonot berdi.

Navoiy viloyati Xatirchi tumani IIB HPB profilaktika inspektori 1991-yilda tug‘ilgan O‘.X boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinada piyodalar o‘tish yo‘lagida piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turgan vaqtida uning orqasida fuqaro 1990-yilda tug‘ilgan A.O‘. Matiz rusumli avtomashinada to‘xtab, O‘.X, uning yo‘lini to‘sib turganligini vaj qilib, uni urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan hamda O‘.X.ning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, o‘z avtomashinasini harakatini davom ettirishi natijasida, uning o‘ng oyog‘ini bosib o‘tgan, deyiladi bayonotda.

Mazkur holat yuzasidan 10-oktabr kuni Xatirchi tumani prokuraturasi tomonidan A.O‘ga nisbatan JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют