» » Pokiston Suriyada urush olib borayotgan Turkiyani qo‘llab-quvvatladi

Pokiston Suriyada urush olib borayotgan Turkiyani qo‘llab-quvvatladi


Pokiston bosh vaziri Imron Xon Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali so‘zlashuv vaqtida Anqarani Suriyaga nisbatan tajovuzkor harakatlarda qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi, deb yozmoqda Regnum.

“Pokiston Turkiya duch kelayotgan tahdidlar va chorlovlardan xabardor. Mamlakat terrorizm sabab 40 ming nafar odamini yo‘qotgan”, — deya ta’kidlagan Pokiston bosh vaziri.

“Pokiston Turkiyaning ushbu harakatlarini ma’qullaydi va o‘z ehtiromini izhor etadi”, — deya qayd etgan Imron Xon telefondagi suhbatda.

Turkiya 9-oktabr, chorshanba kuni Suriya shimoli-sharqidagi kurd jangarilariga qarshi harbiy harakatlarni amalga oshirishni boshladi. Anqara qo‘shni davlat hududidagi “Suriya demokratik kuchlari” kurdlar guruhini terrorchilar ekanini bildirib ularga qarshi urush e’lon qilgan. AQSh, Yevropa ittifoqi, Misr, Iroq, Eron, Fransiya, Germaniya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Polsha va Estoniya Turkiyaning ushbu harakatlarini qoralagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют