» » “Marhum” o‘z dafn marosimidan keyin uyiga qaytdi

“Marhum” o‘z dafn marosimidan keyin uyiga qaytdi


Indoneziyada yashovchi fuqaro o‘z dafn marosimidan keyin uyiga qaytdi. Bu haqda AsiaOne xabar berdi.

Tushunmovchilik hujjatsiz mototsikl boshqargan erkakning YTHda halok bo‘lishidan boshlandi.

Jasadning shaxsini aniqlash imkoni yo‘q edi, shuning uchun uning kimligini mototsiklga egalik qiluvchi hujjat bo‘yicha aniqlashdi.

Politsiya mototsiklning 40 yoshli Sunarto ismli quruvchi nomiga rasmiylashtirilganini aniqladi.

Tana qoldiqlari Sunartoning yaqinlariga dafn etish uchun berildi.

“Hatto jasad yuvilayotganida ham yaqinlari bu uning tanasi emasligini aytmadi”, — deydi hudud politsiyasi boshlig‘i Gragaban Ali Kanta.

Dafn marosimidan keyin yetti soat o‘tgach, Sunarto uyiga qaytdi. Erkak o‘zining vafot etganini do‘stlaridan eshitgan.

Ma’lum bo‘lishicha, quruvchi uch oy avval Variim ismli tanishidan qarz olgan hamda garov evaziga unga o‘z mototsiklini bergan. YTHda halok bo‘lgan erkak aynan Variim bo‘lgan.

Variimning yaqinlari uning o‘limidan xabar topgach, dafn marosimini qayta tashkil etishni istamadi, shunchaki qabrtoshdagi marhumning ismi o‘zgartirildi, xolos.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2019, 01:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют