» » Shotlandiya Buyuk Britaniya hukumatiga referendum o‘tkazish haqida so‘rov yo‘lladi

Shotlandiya Buyuk Britaniya hukumatiga referendum o‘tkazish haqida so‘rov yo‘lladi


Shotlandiya rahbariyati Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey nomiga mustaqillik borasida referendum o‘tkazish uchun rasmiy so‘rov yubordi. Bu haqda, Associated Press agentligiga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

Shotlandiyaliklarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi huquqini ta‘minlovchi so‘rov hujjatiga Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Starjen imzo chekkan.

Shotlandiya referendumni 2018-yilning kuzi va 2019-yil bahori oralig‘ida o‘tkazish niyatida. Buyuk Britaniya rasmiylari shotlandlarning bu so‘roviga rad javobi berishi kutilmoqda.

Avvalroq, Tereza Mey hozir Shotlandiya mustaqilligi masalasida yangi referendum o‘tkazishning mavridi emasligi haqida fikr bildrigan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 23:19)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют