» » Qirg‘izistonda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi


5-oktabr kuni Qirg‘izistonning Sverdlov tumani Ichki ishlar bo‘limiga voyaga yetmagan qizning nomusiga tajovuz qilingani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib borgan tezkor-qidiruv guruhi taxminan 25—30 yosh atrofida bo‘lgan noma’lum erkak Bishkek shahridagi Shopokov ko‘chasi yaqinida 2007-yilda tug‘ilgan qizni zo‘rlab, qochib ketgani ma’lum bo‘lgan, deb xabar beradi Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi.

Mazkur holat Sverdlov tuman IIB tomonidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 161-moddasi bo‘yicha ro‘yxatga olingan.

Qirg‘iziston IIV TKM, Bishkek shahar IIBB hamda Sverdlov IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yuqorida ko‘rsatilgan fakt bo‘yicha 10-oktabr kuni 1985-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.

Bishkek shahridagi qurilishda ishlagan erkak muqaddam “bezorilik” moddasi bo‘yicha O‘zbekistonda sudlangan. Gumonlanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqasi bor yo‘qligini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют