» » Senat: Oxirgi uch yilda daraxtlarni kesish qariyb 60 foizga ortgan. O‘rmon xo‘jaligi organlarining mansabdorlari ham daraxtni noqonuniy kesmoqda

Senat: Oxirgi uch yilda daraxtlarni kesish qariyb 60 foizga ortgan. O‘rmon xo‘jaligi organlarining mansabdorlari ham daraxtni noqonuniy kesmoqda


Daraxtlarni noqonuniy kesish kabi huquqbuzarliklar birgina tuman va shaharlarda emas, balki o‘rmon fondi yerlarida ham sodir etilmoqda. Bu haqda 12-oktabr kuni Oliy Majlis Senatining 23-yalpi majlisida aytib o‘tildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Yalpi majlisda mamlakatda daraxt va butalarni kesishda qonun hujjatlariga rioya etilishi holati yuzasidan manfaatdor vazirlik va idoralari rahbarlarining axboroti eshitildi.

Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi daraxt va butalarni kesish bilan bog‘liq muammolar haqida ma’lumot berdi.

Xususan, 2017-yilga nisbatan joriy yilda daraxtlarni kesish 56 foizga ortgan.

Ayni paytda daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq 3 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan bo‘lib, salbiy ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 66 foizga ortgan.

Huquqbuzarlarga nisbatan jami 4 milliard 524 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan va zarar o‘rnini qoplash belgilangan bo‘lsa-da, 1800 dan ziyod ma’muriy ish yuzasidan 3 milliard 72 million so‘m mablag‘ hanuzgacha undirilmagan.

Noqonuniy daraxt kesish holatlari hududlar kesimida tahlil qilinganda Surxondaryoda 509 ta, Qashqadaryoda 368 ta, Buxoroda 271 ta, Farg‘onada 224 ta, Xorazmda 187 ta, Samarqandda 161 ta huquqbuzarlik sodir etilgan, Toshkent shahrida esa mazkur ko‘rsatkich 203 tani tashkil qilgan.

Misol uchun, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Iyk ota MFY, Toshkent—G‘azalkent—Chorbog‘ yo‘lida 155 tup daraxt qonunga zid ravishda yo‘l tashkiloti tomonidan kestirilgan va tabiatga 455 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

Bu kabi salbiy holatlar aholining ekologik-huquqiy madaniyati darajasining pastligi, ayrim fuqarolar (brakonyerlar)ning o‘z manfaati va ehtiyojlari yo‘lida o‘simlik dunyosi obyektlaridan qonunga xilof tartibda foydalanishi oqibatida yuzaga kelgan.

Daraxtlarni noqonuniy kesish kabi huquqbuzarliklar birgina tuman va shaharlarda emas, balki o‘rmon fondi yerlarida ham sodir etilmoqda.

O‘rganishlar jarayonida aniqlanishicha, Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi 70–80 foizi o‘rmon bilan qoplangan 35 ming 400 gektar maydon fermer xo‘jaliklariga tarqatib yuborilgan.

Mazkur yerlardan foydalanish jarayonida 100–150-yillik “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi”ga kiritilgan Zarafshon archalariga zarar yetkazilmoqda.

O‘rmon fondi yerlarida daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesish kabi noxush holatlar o‘rmon xo‘jaligi organlari mansabdor shaxslari tomonidan ham sodir etilmoqda.

Misol uchun, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi “Yettitom” o‘rmon fondiga tegishli bo‘lgan 3,5 gektar maydonda Qashqadaryo o‘rmon xo‘jaligi xodimlari B.Xolmurotov, I.Qalandarov, N.Eshbalov va o‘rmonchi I.Yaxshimurodov tomonidan 2018-yil dekabr oyida jami 194 tup daraxt qonunga xilof ravishda hech bir hujjatsiz kesib ketilganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, mazkur viloyatning “Qiziltom” o‘rmon bo‘limi hududidagi “Zardolisoy”, “Alimardon” va “Sho‘rbuloq” massivida jami 101 tup turli diametrdagi Zarafshon archalari noqonuniy kesilganligi oqibatida o‘simlik dunyosiga 130 million so‘mga yaqin zarar yetkazilgan.

Shahar va aholi punktlarida daraxtlarni parvarish qilish, ulardagi turli kasalliklarga qarshi kurashish faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida daraxt va butalar biologik hamda sanitariya jihatidan achinarli holatga kelib qolgan.

Buning uchun mas’ul bo‘lgan mutasaddi tashkilotlar hisobot va axborotlarida kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlari 100 foizga bajarildi, deb ko‘rsatilsa-da, bu ishlar amalda to‘liq bajarilmagan. Oqibatda shahar va tumanlarda daraxtlarning aksariyati turli kasallik va zararkunandalar bilan zararlangan.

Bundan tashqari, amaldagi qonun hujjatlariga asosan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi daraxt va butalarni kesish bo‘yicha ruxsatnomalar reyestrini yuritishi va uni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi belgilangan. Biroq bu tartib hanuzgacha mutasaddi idoralarning ish faoliyatida joriy etilmagan.

Shu bilan birga, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2019-yil 1-martgacha daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha metodik qo‘llanmani ishlab chiqishi belgilangan bo‘lsa-da, mazkur hujjat hanuzgacha ishlab chiqilmagan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vazirlik, idoralar hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yilning

1-iyuniga qadar daraxtlarni xatlovdan o‘tkazishi belgilangan bo‘lsa-da, bu boradagi ishlar samarali yo‘lga qo‘yilmagan va to‘liq yakunlanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют