» » Warner Bros “Betgyorl” filmini suratga olishga kirishdi

Warner Bros “Betgyorl” filmini suratga olishga kirishdi


Warner Bros kinokompaniyasi “Betmen” turkumidagi superqahramon qiz haqidagi “Betgyorl” (Batgirl) filmini yaratishga kirishdi. Bu haqda NME xabar bermoqda.

“Qasoskorlar”, “O‘rmondagi kulba”, “O‘yinchoqlar tarixi” kabi film va multfilmlari bilan tanilgan Joss Uidon yangi kartina prodyuseri, rejissori va ssenariynavisi bo‘ldi.

Filmning aktyorlar tarkibi hozircha oshkor etilmadi. “Betgyorl”da “Betmen” turkumidagi boshqa qahramonlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Betgyorl qahramon sifatida 1997-yilda suratga olingan “Betmen va Robin” filmida paydo bo‘lgan, o‘shanda uni aktrisa Alisiya Silverstoun ijro etgandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 23:47)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют