» » Shavkat Mirziyoyev Bokuda Turkiy kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev Bokuda Turkiy kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 14—15-oktabr kunlari Bokuda bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) yettinchi sammitida ishtirok etadi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya hamda Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladi.

Sammitda Turkiy kengashga a’zo davlatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasining to‘la huquqli a’zo sifatida tashkilotga qo‘shilishi to‘g‘risida qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.

Uchrashuv yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yettinchi sammitining deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, Prezidentning Bokuga tashrifi doirasida sammitda ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Turkiy kengash sammitida ilk bor 2018-yil sentabrida qatnashgan edi. Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahrida o‘tgan sammitda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют