» » Qozog‘iston prezidenti MDH hududida Shengenga o‘xshash hamdo‘stlik vizasini joriy etishni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti MDH hududida Shengenga o‘xshash hamdo‘stlik vizasini joriy etishni taklif qildi


Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev MDH hududida yagona viza tartibini joriy etishni taklif qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

MDH davlat rahbarlari kengashining Ashxabodda bo‘lib o‘tgan majlisida To‘qayev tuzilmaga kiruvchi mamlakatlarning turizm sohasidagi o‘zaro aloqalarni kuchaytirish salohiyatiga e’tibor qaratdi. Hamdo‘stlikdagi har bir davlat dunyoning jozibali sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatidan o‘rin olishga arzigulik betakror tarixiy, rekreatsion va tabiat-landshaft obyektlariga ega ekanligini ta’kidladi.

Afsuski, milliy vizaviy va migratsion tartiblarda sezilarli farqlar bor. Ular MDHning bir necha davlatiga borish istagidagi xorijiy sayyohlarga noqulaylik tug‘diradi.

Bu qiyin masala ekanligini bilaman, biroq balki MDH hududida Shengen kelishuviga o‘xshash hamdo‘stlik vizasini joriy etishni ko‘rib chiqish kerakdir.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qozog‘iston prezidenti

To‘qayevning aytishicha, bunday yondashuv MDH davlatlariga keluvchi turistlar oqimini bir necha baravar oshirish imkonini bergan bo‘lardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2019, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют