» » Yuqorichirchiqda xotin o‘z erini janjal payti pichoqlab qo‘ydi

Yuqorichirchiqda xotin o‘z erini janjal payti pichoqlab qo‘ydi


Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi Gulnora K. turmush o‘rtog‘i Elyor B.ni oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 38 yoshli Gulnora 1973 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i Elyor bilan 10-oktabr kuni, soat 20:00 larda janjallashib qolgan. Janjal vaqtida Gulnora oshxona pichog‘i bilan erini ko‘krak qafasiga urib, uni qasddan o‘ldirgan.

Holat yuzasidan 11-oktabrda tuman prokuratarasi tomonidan Gulnoraga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: Toshkentdagi oilaviy nizolarning salkam 6 foizi ayollarning erkaklarga tazyiqi oqibatida kelib chiqqan

Avvalroq, Denovdagi dehqon bozori yaqinida erkak o‘zining o‘ynashi va uning eri bilan janjallashib, ularga jarohat yetkazgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют